
Ten Xag hamon De Yongdan umidini uzmagan
"Barselona" va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yongga hamon "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.
"Mankunianliklar" o‘tgan yozda 25 yoshli futbolchini xarid qilishga urinib ko‘rdilar, ammo ushbu transfer amalga oshmay qoldi. "Qizil iblislar" ustozi Erik ten Xag niderlandiyalik futbolchini o‘z jamoasiga osonlik bilan moslashib keta olishiga ishonmoqda, deb xabar beradi Manchester Evening News.
Futbolchining o‘zida kataloniyaliklar lagerida qolish istagi borligiga qaramay, "Ayaks"dagi sobiq ustozi qo‘l ostida o‘ynashga qarshi emas. De Yong joriy mavsum "Barselona" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar