Ten Xag hamyurtini Superliga klubiga badarg‘a qilmoqchi

  • 08.09.2023 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.

ESPN xabariga ko‘ra, 26 yoshli niderlandiyalik futbolchiga "Fenerbaxche" va "Galatasaroy" klublari qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar ustozi Erik ten Xag esa jamoaga Meyson Maunt va Sofian Amrabat kelganidan so‘ng hamyurtiga ehtiyoj qolmaganini aytgan.

O‘z navbatida murabbiyning ushbu so‘zlaridan so‘ng "Manchester Yunayted" rahbariyati van de Bek bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

"Manchester Yunayted" 15 sentyabrgacha, ya’ni Turkiyada transfer oynasi yopilgunga qadar kelishuvga erishishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!