Ten Xag: "Kazemiro boshqa chempionatlarda 500 ta o‘yinda qizil kartochka olmadi, lekin APLga kelib u ikki marta maydondan chetlatildi"
"Manchester Yunayted" APLning 27-turida "Sautgempton"ga qarshi o‘ynadi. 0:0 hisobida tugagan uchrashuvda bahsli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Kazemironing qizil kartochka olib, moydonni tark etgani "qizil iblislar" ustoziga yoqmadi. Ten Xag o‘yindan keyin o‘z firklari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kazemiro boshqa chempionatlarda 500 ta o‘yinda bitta ham qizil kartochka olmagan. Ammo APLga kelib u ikkinchi bor chetlatilmoqda. Uning yoo‘qligi muammo emas. Buni hal qilsa bo‘ladi, lekin hakamning qarori o‘z ta’sirini ko‘rsatdi", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Ma’lum bo‘lishicha, Kazemiro "Manchester Yunayted"ning keyingi 4 ta o‘yinida maydonga tushmaydi. U "Nyukasl", "Brentford", "Everton" va "Nottingem Forest"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar