Ten Hag: "Klub egalari futbolni yaxshi tushunishmaydi"
"Bayer" va "Manchester Yunayted" klublarining sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hag klub xo‘jayinalarining zamonaviy futboldagi rolini tanqidiy baholadi. Ten Hag 2025 yilning 1 sentyabrida "Bayer"dan iste’foga chiqarilgan edi. Hozir Erik Niderlandiyaning "Tvente" jamoasida texnik direktor bo‘lib ishlaydi.
"Vaziyat tobora keskinlashib bormoqda. Tobora ko‘proq klub egalari o‘zlarini ko‘rsatishni istaydi. Odatda, ular futbolni yaxshi tushunishmaydi.
Texnik direktorlar, shuningdek, ko‘pincha natijalar qoniqarsiz bo‘lganda, qulay sharoitlar tufayli qaror qabul qilishadi", - deya ten Hagning so‘zlarini keltiradi Daily Mail onlayn-nashri.
Fikrlar