
Ten Xag "Manchester Yunayted"ning asosiy transfer maqsadi nima ekanini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "qizil iblislar"ning yozgi transfer oynasidagi rejalari haqida gapirdi.
“Markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolash ustuvor vazifa bo‘ladimi? Ha, menimcha, hamma buni tushunib turibdi. Bizda ushbu pozitsiyada kamchiliklar borligi sir emas. Bu pozitsiyada boshqa o‘yinchilardan ham foydalanishim mumkin, ammo sof hujumchi qo‘shishimiz kerak. Bizga o‘yinga haqiqatan ham ta’sir ko‘rsatadigan ijrochilar kerak”, - dedi niderlandiyalik mutaxassis Daily Mirror nashriga bergan intervyusida.
"Manchester Yunayted"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri "Napoli"ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxen hisoblanadi.
Fikrlar