Ten Xag: "Sanchoning avvalgi darajasiga qaytayotganini ko‘ryapmiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Borussiya Dortmund"ga uchralgan mag‘lubiyat (2:3)dan so‘ng Jeydon Sancho haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Sancho juda yaxshi formada. Men undan ko‘p narsa kutyapman. Jeydonda energiya ko‘p, u maydonda ko‘p narsalar qilishga qodir yigit.
Biz uning avvalgi darajasiga qaytayotganini ko‘ryapmiz. Bu jamoa uchun ham, Sanchoning o‘zi uchun ham ajoyib xushxabar bo‘la oladi. Uning atrofidagi gaplar esa meni xavotirga solmaydi", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Fikrlar