
Ten Xag: "Turnirda g‘alaba qozonish har bir futbolchi uchun muhim"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya kubogi finalida "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida gapirdi.
"Biz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlayotganimizni allaqachon aytgandim. Bittasida g‘alaba qozona oldik, endi esa ikkinchisiga intilamiz. Loyiha yaratyapmiz, ikki-uch yil haqida gapiryapmiz. Turnirda g‘alaba qozonish har bir futbolchi uchun muhim. Hozirgi "Manchester Yunayted"da bu turnirda g‘alaba qozongan futbolchilar unchalik ko‘p emas", - deya niderlandiyalik mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Manchester Evening News".
Eslatib o‘tamiz, Angliya kubogining final o‘yini 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar