
Tennis malikalari 2 may kuniga qadar ta’tilga chiqdi
Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) joriy yilning 2 may kuniga qadar barcha turnirlarni o‘tkazmaslikka qaror qildi.
Tashkilotning bunday qarorga kelishiga dunyoni tashvishga solayotgan koronavirus pandemiyasi sabab bo‘ldi. WTA ayollar o‘rtasidagi ilk turnirni 2-9 may kunlari Madrid shahrida o‘tkazishni rejalashtirgan. Ammo virus taraqlishda davom etsa musobaqalar yana noma’lum muddatga qoldiriladi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab, ATP ham olti haftaga barcha turnirlarni to‘xtatib qo‘ydi.
Fikrlar