Tennis muxlislarini superto‘qnashuvlar kutmoqda

 
 
 
Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil etilgan va mukofot jamg‘armasi 1 237 190 AQSh dollari bo‘lgan yuqori darajali turnirda dunyoning eng kuchli ikki tennischisi - jahon reytingi peshqadami Endi Marrey va o‘zining etakchilik mavqeini qaytarib olishga harakat qilayotgan Novak Jokovich yarim finalga chiqdi.
 
Agar final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bahsda serbiyalik Novak Jokovich ispan tennischisi Fernando Verdaskoni mag‘lub etsa va britaniyalik Endi Marrey yana bir buyuk tennischi - chexiyalik Tomash Berdixdan ustun kelsa, finalda er kurrasining ayni paytdagi eng zo‘r tennischilari to‘qnashadi.
 
 
Ushbu turnirning final o‘yini 8 yanvarga belgilangan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!