Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Tennischilarimiz “Rolan Garros” turnirida qatnashadi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

24 may – 7 iyun kunlari tennis olamidagi eng nufuzli startlardan biri bo‘lib o‘tadi

24 may – 7 iyun kunlari tennis olamidagi eng nufuzli startlardan biri – “Rolan Garros” turniri bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ushbu musobaqaning saralash bahslari o‘tkazilmoqda.

Mamlakat tennis federatsiyasining ma’lum qilishicha, unda o‘zbekistonlik raketka ustalari ham ishtirok etishadi. Jahon tasnif jadvalidа 89-pog‘onani egalab turgan Kamila Rahimova turnirning asosiy davrasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan. Mariya Timofeeva (119) hamda Polina Kudermetova (125) esa ishtiroklarini saralash bosqichidan boshlashadi. Bugun tennischilarimiz kvalifikatsiyaning ilk davrasida quyidagi raqiblariga qarshi kortga chiqishadi:

Mariya Timofeeva – Breys Kedens (Kanada, 202)
Polina Kudermetova – Anouk Kovermans (Niderlandiya, 158)

Shuningdek, o‘smirlar toifasidagi bahslarda 18-reytingda joylashgan Nikita Belozersev ham qatnashadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q