Tennischimiz finalda imkoniyatni boy berdi

  • 11.04.2021 11:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakilasi Sabina Sharipova "ITF Kazakhstan 03A" turnirida ishtirok etayotganligi haqida xabar bergan edik.

Juftlik bahslarida rossiyalik Ekaterina Yashina bilan tandem hosil qilgan yurtdoshimiz final uchrashuvida kortga chiqdi. Rus raketka ustalari Anjelika Isaeva hamda Ekaterina Makarova juftligiga qarshi harakat qilgan vakilamiz imkoniyatni boy berdi. Yakuniy hisob: 7:6(7:4), 6:3.

Ma’lumot o‘rnida, tennischimiz xuddi shu turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga qadar etib borgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!