Teoning "Al-Hilol"ga transferi amalga oshmay qolmoqda. Vaziyat haqida batafsil ma’lumot berildi

  • 6 iyul, 21:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi Teo Ernandes uchun "Milan"ga 20 million evro + 5 million bonuslar ko‘rinishida taklif yubordi, deb xabar beradi "La Gazzetta dello Sport" nashri.

Tecno

Avvalroq frantsuz himoyachi va "Al-Hilol" 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani va bu muddat davomida futbolchi 60 million evro maosh olishi ma’lum qilingandi.

Shu bilan birga, italiyaliklvr hozircha taklifni qabul qilgani yo‘q — "rossonerilar" barcha mablag‘ni bonuslarsiz, bir yo‘la 25 million evro ko‘rinishida qabul qilmoqchi.

Ayni paytda klublar o‘zaro kelishuvga etib bormagan. Teoga esa bir necha kunlik qo‘shimcha ta’til berilgan — u dushanba kuni mashg‘ulotlarga qaytmaydi.

27 yoshli himoyachi o‘tgan mavsumda A Seriyada 33 o‘yinda 4 gol va 3 assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!