Ter Shtegen 3 oyga safdan chiqqanini ma’lum qildi
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yana orqa belidagi jarohati tufayli operatsiya qilinishini ma’lum qildi. U muxlislarga murojaat qilib shunday yozdi:
"Men "Barsa" libosini maydonda ham, tashqarisida ham faxr bilan kiyaman – g‘alaba va qiyin damlarda hamisha jamoa bilanman.
Bugun men uchun shaxsan og‘ir kun. Jismoniy va sport nuqtai nazaridan o‘zimni yaxshi his qilyapman, ammo afsuski, og‘riqlar hali ham yo‘qolmadi. “Barselona” tibbiyot jamoasi va tashqi mutaxassislar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng to‘liq tiklanishning eng tez va xavfsiz usuli – operatsiya ekani ma’lum bo‘ldi.
Ilgarigi bel operatsiyamdan so‘ng 66 kunda maydonga qaytganman. Bu safar esa shifokorlar ehtiyot chorasi sifatida taxminan 3 oygacha maydonga tushmasligimni tavsiya qilishdi.
Jamoani qo‘llab-quvvatlay olmaslik hissiy jihatdan og‘ir. Yaxshiki, reabilitatsiya jarayoni o‘ta og‘ir emas va maydonga qaytish yo‘li ochiq.
Sizni davolanish jarayonidan xabardor qilib boraman. Qo‘llab-quvvatlovingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Men qayta qaytaman!" - deya ta’rif berib o‘tdi germaniyalik mutaxassis.



Fikrlar