Ter Shtegen jamoa bilan bo‘layotgan mojaroga oydinlik kiritdi

  • 28 iyul, 22:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoa bilan munosabatlarida hech qanday muammo yo‘qligini ta’kidladi. Nemis posboni ertaga bel sohasidagi jarrohlik amaliyoti uchun Bordo shahriga jo‘nab ketadi.

Tecno

Futbolchini Barselona aeroportida kutib olgan jurnalistlar undan klub bilan mojaro haqida so‘radilar.

"Klub bilan munosabatlarim yaxshi. Har doim yaxshi bo‘lgan va hozir ham shunday. Bu o‘zgarmagan" — deya ta’rif berib o‘tgan germaniyalik futbolchi.

Marc Andre ter Stegen of FC Barcelona during the warming up during the LaLiga EA Sports match between FC Barcelona v Villarreal at the Lluis Companys...

Shuningdek, u jismoniy holati haqida ham fikr bildirdi:

"Agar operatsiya qilishga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, demak, nimadir yaxshi emas, to‘g‘rimi?" —qisqacha gapirib o‘tdi kataloniyaliklar darvozaboni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!