Terens Kroufordning istagi amalga oshsa, navbatdagi raqibi super jangchi bo‘ladi

  • 15 noyabr, 2020, 16:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim o‘rta vazn toifasida britaniyalik Kell Brukni nokautga uchratib, WBO kamarini himoya qilgan amerikalik Terens Krouford kim bilan jang qilishni xohlashini aytdi.

Tecno

"Keyingi raqibim kim bo‘lishni xohlayotganimni allaqachon aytib o‘tganman. Men Menni Pakyao bilan jang qilishni istayman. Bu jang bo‘lishi uchun bizda barchasi mavjud. Pandemiya sabab biroz tanaffus bo‘ldi. Vaholanki, bizda bu jangni tashkil qilish uchun mablag‘ bor. Muammo shundaki, tomoshabinlarga ruxsat berilmagan, biz kutgan yagona narsa shu”,-dedi Krouford BoxingNews nashriga.

33 yoshli Krouford 37 jangda 37 g‘alaba (28 - nokaut bilan) qayd etgan. 41 yoshli Pakyao esa, 62 g‘alaba (39 nokaut bilan), 7 mag‘lubiyat va 2 durangga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!