Terma jamoa darvozaboni oʻyin vaqti hushidan ketdi

  • 29.12.2025 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Sudan terma jamoasi darvozaboni Monged Elnil Afrika Millatlar kubogining 2-turidan o‘rin olgan Ekvatorial Gvineya terma jamoasiga qarshi bahs vaqtida hushidan ketib qoldi.

Darvozabon uchrashuvning 37-daqiqasida o‘z jarima maydonchasi chegarasi yonida yerga yiqildi. Bu paytda o‘yin maydonning ikkinchi yarmida davom etayotgan edi.

Bosh hakam zudlik bilan o‘yinni to‘xtatdi, tibbiy xodimlar yordam ko‘rsatish uchun maydonga chiqdi. Bir muddatdan keyin o‘ziga kelgan darvozabon o‘yinni davom ettirishga qodir bo‘ldi va jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Sudan terma jamoasi tibbiyot shtabi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Mangedning hushini yo‘qotishiga qon bosimining yoki qondagi shakar miqdorining qisqa muddatli pasayishi sabab bo‘lgan. Yashirin jiddiy kasallik alomatlari aniqlanmagan.

Ikki turdan so‘ng “E” guruhida Sudan terma jamoasi uch ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Ekvatorial Gvineya terma jamoasi esa ochkosiz qolgan holda to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!