Terma jamoa mana shunaqa bo‘ladi! Ispaniya katta rekord o‘rnatdi
Ispaniya milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati Evropa mintaqasi saralash turnirining “E” guruhida beshinchi turi uchrashuvini Gruziya maydonida o‘tkazdi.
Bu uchrashuvda Luis de la Fuente shogirdlari hujumkor o‘yin ko‘rsatib, mezbonlar darvozasiga javosiz to‘rtta to‘p kiritdi. O‘yinda Mikel Oyarsabal dubl qayd etgan bo‘lsa, Martin Sebimendi va Ferran Torres bittadan to‘p kiritdi.
Shu tariqa, Ispaniya terma jamoasi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Ispanlar qatorasiga 30 ta uchrashuvda raqibga imkoniyatni boy bermagan.
Luis de la Fuente jamoasi 2023 yildan beri yutqazmayapti. Bu davr ichida “Qizil Furiya” Evropa chempionati va Millatlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar