Terma jamoaga mashhur futbolchi murabbiy bo‘ladi

  • 21.07.2026 17:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mark van Bommel Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod hisoblanmoqda. Bu haqida De Telegraaf xabar berdi.

Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi (RBFA) van Bommelni milliy jamoaga eng munosib murabbiy, deb hisoblamoqda.

Avvalroq RBFA rasmiy saytida milliy jamoa bosh murabbiyi Rudi Garsiya bilan shartnoma uzaytirilmasligini ma'lum qilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 31 iyul kuni yakunlanadi.

2026 yildagi jahon chempionatida Belgiya terma jamoasi chorak finalgacha yetib bordi va unda Ispaniyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

49 yoshli van Bommel avval PSV, “Volfsburg»” va “Antverpen” klublarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!