CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 31 martdan 5 aprelga qadar Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslariga mezbonlik qildi. Bugun musobaqaning final janglari bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Erkaklar terma jamoasi bilan ishtirok etgan To‘lqin Qilichev boshchiligidagi jamoamizning 7 nafari final yo‘llanmasini hal etishib, ulardan  5 tasi oltin medalni naqd qilishdi. 2 nafar bokschimizga, biroz omadi etishmadi.

Qayd etish kerak, vakillarimiz erkaklar kesimida 10 ta vaznning 8 tasida sovrindor va 5 tasida oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Bu natija albatta umumjamoa hisobida birinchilikni doimgidek bizga olib keldi. 

Bizdan keyin mezbonlar 3 ta oltin, 2 kumush va 4 ta bronza bilan, uchinchi o‘rin esa, qo‘shnilarimiz Qozog‘iston jamoasiga nasib etdi. Ular hisobida 3 oltin (ikki erkak, bir ayol) va 3 ta bronza.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-50 kg. Asilbek Jalilov
-75 kg. Fazliddin Erkinboev
-80 kg. Javohir Ummataliev
-90 kg. To‘rabek Xabibullaev
+90 kg. Jahongir Zokirov

Kumush medal:
-55 kg. Mirazizbek Mirzahalilov
-85 kg. Akmaljon Isroilov

Bronza medal:
-60 kg. Madiyar Daniyarov

Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir G‘ulomov, Lazizbek Zokirov, Botirjon Mahmudov.

Jamoa rahbari: Shohid Tillaboev
Shifokor: Komiljon Rasulov
Jamoa matbuot kotibi: Jaloliddin Yusupov

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!