Terma jamoamiz oltin medal uchun kurashadi

  • 4 mart, 15:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Xokkey bo‘yicha O‘zbekistonning yoshlar terma jamoasi Bangkokda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida to‘rtinchi o‘yinida ketma-ket to‘rtinchi ishonchli 11:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bogdan Xalevin va Jasurbek Rustamhonov xet-trik qayd etdi, Ilya Popov esa o‘z hisobiga 4 (2+2) ochko yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Ertaga turnirda tanaffus kuni bo‘ladi, 6 mart, payshanba kuni esa chempionatning hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston mezbon jamoa – Tailand bilan to‘qnash keladi. Ushbu bahs g‘olibi oltin medallar va III A divizioniga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!