Terma jamoamizni boshqargan Veyga da Silva yodingizdami?

  • 23.04.2020 23:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milliy termamizda bosh murabbiylik qilganlar orasida Ubirajara Veyga da Silva ham borligini yaxshi bilasiz, albatta. Ayniqsa, uni yoshi katta muxlislar yaxshiroq eslashadi. Uning terma jamoamizda faoliyat olib borganiga ancha bo‘ldi.

Yodingizda bo‘lsa, u avvaliga “Paxtakor”ga bosh murabbiy bo‘lib kelgandi, so‘ngra unga terma jamoamiz boshqaruvi ishonib topshirilgandi. Oradan 20 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa hamki, da Silva hali hamon qizg‘in murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. Yaponiyada o‘z vazifasini bajarib kelayotgan braziliyalik mutaxassis yurtimizdagi ishini eslar ekan, shunday dedi:

- Aslida O‘zbekistonga “Paxtakor”ni boshqarish uchun borgandim va biz u erda chempionlikni qo‘lga kiritdik. Ko‘p o‘tmasdan esa meni mamlakat terma jamoasiga ham taklif qilishdi. Biz Qozog‘istonni 4:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsak, BAA bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandik. Osiyo Kubogida esa Eronning chempion bo‘lgani ham esimda.

Tez orada saytimiz orqali Veyga da Silva haqidagi batafsil maqolani o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!