Terma jamoamizning Avstraliyaga qarshi o‘yini bekor qilindi, endi Dubayda boshqa raqib bilan o‘ynaymiz

  • 27 may, 2021, 18:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy "Telegram" sahifasining axborot berishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Dubay yig‘ini doirasidagi Avstraliyaga qarshi o‘yini bekor qilingan. 

Tecno

Avstraliyaliklarning bir qator futbolchilari jarohat olganligi bois, ushbu bellashuv o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Endi Dubaydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida vakillarimizga Tailand terma jamoasi raqib bo‘ladi. 

Uchrashuv 30 may sanasida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga JCh saralash bellashuvlari uchun yo‘l oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!