Tyerri Anri: "Tudorda ochko jamg‘arish uchun ko‘p vaqt yo‘q!"
"Tottenxem Xotspur" Angliya Premier-ligasi turnir jadvalidа 16-o‘rinni egalab turibdi va tushib ketish hududidan atigi to‘rt ochko oldinda joylashgan.
"Shporlar"ning bugungi holati haqida Tyerri Anri fikr bildirdi. U jamoa bosh murabbiyi Igor Tudor bilan "Yuventus" safida birga to‘p surgаnini ta’kidladi.
"Men Tudor bilan “Yuventus”da o‘ynagаnman va uning uslubini bilaman. Uni bir nechta o‘yinga qarab baholab bo‘lmaydi, ammo ochko jamg‘arish uchun unda ko‘p vaqt yo‘q. U kim o‘ynay olishi va o‘z uslubi hamda falsafasini qanday joriy etish mumkinligini ko‘rib chiqadi. Odatda, ligada qolib ketishni istasang, uy o‘yinlari sеning sug‘urtang bo‘ladi. Ammo "Tottenxem" so‘nggi yillarda uyda g‘alaba qozonishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Keyingi jarayonni kuzatamiz", — dedi Anri "Goal" nashriga bergan izohida.
Fikrlar