Teves Messi va Ronaldudan ustun qo‘ygan futbolchilarni aytdi
Karlos Teves eng kuchli futbolchi sifatida Messi yoki Ronalduni emas, Pol Skoulzni tan oldi.
Sobiq futbolchi Karlos Teves bir jamoada to‘p tepish imkoniga ega bo‘lgan eng yaxshi futbolchilarni aytdi.
«Pol Skoulz. Men uchun eng yaxshi futbolchi — u. Messi va Ronalduni deysizmi? Yo‘q, men uchun Skoulz eng zo‘ri. Mashg‘ulotlarda qanday o‘ynaganini eslaysanmi? U umuman gapirmasdi. Birinchi to‘pni qabul qilishi bilanoq... Mashg‘ulotlarda doim pas, pas va yana pas. Andrea Pirlo ham eng yaxshilardan biri», — dedi Teves Rio Ferdinandga bergan intervyusida.
Skoulz 2013 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U butun faoliyatini «Manchester Yunayted» safida o‘tkazgan. «Qizil iblislar» tarkibida angliyalik yarim himoyachi 11 marta Angliya chempioni bo‘lgan va ikki bor Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.

Izohlar (0)