Tez orada e’lon qilinadigan transferlar bilan tanishing!

  • 24 iyun, 2023, 01:00
  • 0
  • Futbol

Yozgi transferlar oynasida asosan futbolchilarni Saudiya Arabistoniga yo‘l olganiga guvoh bo‘lyapmiz, lekin Evropa klublari ham bozorda harakatni ancha kuchaytirib olgan. Ayniqsa, "Arsenal" va "Chelsi" ko‘plab transferlar ustida ishlamoqda. Shuningek, APLning yana bir qator jamoalari jim qarab turgani yo‘q. Siz esa quyida tez orada e’lon qilinishi kutilayotgan transferlar haqda bilib olishingiz mumkin. 

Sandro Tonali

"Milan" yarim himoyachisi kutilmaganda "Nyukasl"ga o‘tishga qaror qildi. Uning ko‘p yillar Milanda qolishi va kelajakda jamoaning liderlaridan bo‘lishiga ishonilgan, biroq futbolchi Premer-ligada faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi. Bizga voqea mana shunday ko‘rinishi mumkin. Ammo "Re Publica" nashriga ishonadigan bo‘lsak, u qolishni afzal ko‘rgan, lekin rahbariyat katta summa ishlab olishini bilganidan keyin futbolchi bilan o‘zaro suhbatda barcha haqiqatlar aytilgan va Tonali yig‘lab yuborgan. Sandro bo‘iycha tomonlar kelishib oldi. Transfer "qarg‘alar"ga 70 million evroga tushadigan bo‘ldi. Bu hafta yarim himoyachining tashrifi rasman e’lon qilinmaydi. Sababi, shartnomada hali chala joylari bor. Tonali "Nyukasl" bilan 2029 yilgacha amal qiladigan bitimga imzo chekkan. 23 yoshli italyanni olib kelish orqali ingliz klubi yarim himoyasini ancha kuchaytirib olmoqda. 

Image

Mateo Kovachich

"Chelsi"ni tark etayotgan soni borgan sari oshib bormoqda. ZieshKulibaliObameyangXavertsMaunt va Aspilikueta bu yozda boshqa klubga o‘tishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan. Ular orasida Kovachich ham bor. Xorvatiyalik yarim himoyachi uchun shaharliklar" "Chelsi"ga 30 million funt to‘ladi. Futbolchining o‘zi bilan allaqachon shaxsiy kelishuv amalga oshgan. U faqatgina tibbiy ko‘rikdan o‘tishi qoldi. Shundan keyin bu transfer rasman e’lon qilinadi. Ta’kidlash joiz, Kovachich Gyundogan o‘rniga kelmayapti. Mateo uchun harakat oldinroq boshlangan. "Manchester Siti" Ilkay hali so‘nggi qarorini qabul qilmasidan avval uni olib kelishni reja qilgandi. 

Image

Ilkay Gyudogan

Germaniyalik futbolchining keyingi manzili "Barselona" bo‘ladi. Uning oldida bir qancha variantlar bor edi: "Manchester Siti"da qolish, PSJga o‘tish va Saudiya Arabistoniga yo‘l olish. U Ispaniyaga ko‘chib o‘tishni tanladi. Boshqa klublardan kelgan takliflar Kataloniya jamoasinikidan ancha yaxshiroq bo‘lgan. Ammo 32 yoshli nemis "Barsa"ni tanladi. Futbolchining bu qarorni qabul qilishiga Levandovski undagani haqda Polsha nashrlari xabar berdi. Bundan tashqari, Ter Shtegen ham Gyundoganni "Barsa"ga kelishiga harakat qilgan. Xavi bu transferni amalga oshishini juda ham xohladi. Murabbiy Ilkay bilan o‘zaro suhbatlashib, unga kelajakdagi rejalari haqida gapirib bergan. Xullas, Gyundogan keyingi haftada erkin agent sifatida "Barselona"ga o‘tadi. 

Image

Kay Xaverts

Xavertsning "Arsenal"ga o‘tish ehtimoli juda baland. Futbolchi Aretataning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lishi mumkin. Sababi, ispaniyalik mutaxassis uni o‘zining eng yuqori darajasiga qaytarishiga ishonmoqda. "Kanonirlar" mazkur transferga 65 million funt sarfladi. Ulardan boshqa hech qaysi jamoa Kay uchun buncha sarflashni istamagandi. Bundan ko‘rinadikiAretata so‘nggi ikki yilda "Chelsi"dagi faoliyati orqari maqtana olmaydigan yarim himoyachini sotib olishdan qo‘rqmadi, ya’ni uni uslubiga tushishiga ishondi. Endi buni amalda ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Xaverts "Arsenal"da 29-raqamni oladi. U endilikda eski pozitsiyasi bo‘lmish hujumkor yarim himoya zonasida o‘ynaydi. Yakuniga etgan mavsumda germaniyalik futbolchi "aristokratlar"da hujumchi etishmasligi tufayli, strayker vazifasini o‘tayotgandi. Xavertsning transferini e’lon qilinish ham keyingi haftaga qolgan. U katta ehtimol bilan dushanba kuni tanishtiriladi. 

Image

 

Nikolas Jekson

"Chelsi" ketganlarning o‘rnini to‘ldirish uchun harakatni boshladi. Pochettino xohlayotgan futbolchilarni olib kelish ishlari hozircha yomon ketmayapti. Klub "Vilyarreal"dan Nikolas Jeksonni sotib olmoqda. Hujumchining tashrifi bir qator yosh forvardlarning ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishini anglatishi mumkin. Datro Fofana va Armando Broxaga bir nechta klublardan qiziqishlar borligi haqda mish-mishlar tarqalyapti. Jekson "sariq osti kemasi"dan 35 million funt evaziga Londonga kelmoqda. Hujumchi shu hafta oxirida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va transfer rasmiy holda ma’lum qilinadi. 22 yoshli futbolchi qishda "Bornmut"ga o‘tishga juda yaqin kelib, endi faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradi.

Image

 

Suhrob Xolbekov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!