
Tez orada Messiga yangi klubdan taklif bo‘ladi
“Pari Sen-Jermen” yozgi transferlar mavsumida Lionel Messi bilan xayrlashishi mumkin, deb xabar tarqatdi AS nashri.
Manbaning takidlashicha, AQShning “Inter Mayami” klubi tez orada argentinalik yulduzga hamkorlik shartnomasini taqdim qiladi. Shunga qaramay, Devid Bekxemga tegishli klub mutasaddilari argentinalik yulduzni Evropadan ketishga ko‘ndirish oson bo‘lmasligini yaxshi bilishadi.
Avvalroq, “Inter Mayami” xo‘jayini Devid Bekxem o‘z davrida “Barselona”da o‘ynagan to‘rt o‘yinchini o‘z klubiga olib kelish istagini bildirgandi. Bular Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets va Jordi Alba.
Ayrim manbalar, ayni paytda Messi bilan PSJ sharafini himoya qilayotgan Neymar ham “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida ham xabar tarqatdi.
Fikrlar