
Tezkor! 440 ta gol urgan mashhur hujumchi hamma bilan xayrlashdi
Urugvaylik mashhur hujumchi Edinson Kavani professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
37 yoshli to‘purar so‘nggi mavsumni Argentina chempionatida “Boka Xuniors” jamoasi safida o‘tkazib, 17 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi.
Kavani professional faoliyatini 2005 yili Urugvayning “Danubio” jamoasida boshlagan edi. Ikki yildan so‘ng, Evropaga – Italiyaning “Palermo” jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Keyinchalik “Napoli”, PSJ, “Manchester Yunayted” va “Valensiya” jamoalarida to‘p tepdi.
Edinson Kavani klublar miqyosida jami 681 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 382 marta ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 73 ta golli pas uzatgan.
Urugvay terma jamoasidagi faoliyatini 2008 yili boshlab, jami 136 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 58 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Butsalarini mixga ilgan mahoratli to‘purarning klublar va terma jamoa safidagi gollari soni roppa-rosa 440 tani tashkil qildi.
Fikrlar