
Tezkor: “Barsa” Messini qachon olishini aytdi
“Barselona” rahbariyati PSJda o‘ynayotgan Lionel Messini tezroq ortga qaytarmoqchi. Ana shu maqsadda kataloniyaliklar bu transferni yanvar oyida amalga oshirishga urinadi, deb xabar tarqatdi Sport.es sayti.
Avvalroq, “Barselona” prezidenti Joan Laporta argentinalik yulduzni jamoaga qaytarish masalasi dolzarb ekanini ta’kidlagandi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar moliyaviy ishlarini ancha tartibga solib olgan. Bundan tashqari, yanvarda va yozda tarkibni tozalash va maoshlar fondini qisqartirish ishlari davom ettiriladi.
Bu siyosat kataloniyaliklarga Lionel Messining maoshini ko‘tarish imkoniyatini beradi. Argentinalik hujumchining o‘zi kelajagi bo‘yicha Qatardagi jahon chempionatidan keyin bir qarorga kelishini aytgan.
Fikrlar