Tezkor! Futbolchimiz jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 02.06.2026 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionati oldidan mundial mezbonlaridan biri hisoblangan Kanada terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi.

Edmonton shahrida boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik bahsida mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning eng muhim epizodlaridan biri Azizjon Gʻaniyev bilan bogʻliq boʻldi. 23 daqiqada tajribali yarim himoyachimiz shikastlanib, oʻyinni davom ettira olmadi.

Fabio Kannavaro Azizjon Gʻaniyev oʻrniga Abbosbek Fayzullaevni maydonga tushirdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Gʻaniyevning jarohat jiddiy boʻlishi mumkin.

Terma jamoa shtabida Gʻaniyev 2026 yildgi jahon chempionatini oʻtkazib yuborishi mumkinligidan xavotir bildirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!