
Tezkor: Levandovski “Barsa”dan ketishi kutilyapti
“Barselona” moliyaviy feyr-pley tufayli yana bir mashhur futbolchi Robert Levandovski bilan xayrlashishi mumkin.
Kataloniya klubi sport direktori Deku tez orada Robert Levandovski bilan suhbat o‘tkazishni rejalashtiryapti. Klub tajribali to‘purar maoshini qayta ko‘rib chiqmoqchi. Amaldagi shartnomaga ko‘ra, polshalik futbolchining maoshi yildan-yilga oshib boradi.
“Barselona” moliyaviy vaziyatni yaxshilash uchun o‘yinchilarning maoshlarini pasaytirish tajribasini anchadan beri qo‘llab keladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Levandovski maoshi pasayishiga rozilik bermasligi mumkin. Zotan, 35 yoshli hujumchi ishsiz qolmaydi.
Saudiya Arabistoni klublari Evropaning eng zo‘r to‘purarlaridan biriga katta maosh berishga tayyorligini bildiryapti.
Levandovski yangi mavsumda o‘nta uchrashuvda oltita gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar