Tezkor: “Liverpul” Arne Slotni bugunoq haydashi kutilyapti
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida sho‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Niderlandiyaning PSV jamoasiga 1:4 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda, liverpulliklar qatorasiga uchinchi uchrashuvni yirik hisobda boy berdi. Bu holat klub xo‘jayinlarini jumbushga keltirdi.
Bugun kechgacha klub rahbariyatining navdatdan tashqari tezkor yig‘ilishi o‘tkaziladi va unda vujuga kelgan muammolar tahlil qilinadi. Ko‘rib chiqaladigan masalalar orasida Arne Slotni iste’foga chiqarish varianti ham bor.
Avvalroq, klub xo‘jayinlari Arne Slotga vaziyatni o‘nglash uchun vaqt berishga qaror qilgan edi. Biroq, bir necha manbalar yuzaga kelgan holat tufayli rahbariyati keskin choralar ko‘rishga tayyor ekanini ta’kidlamoqda.
“Liverpul” mutasaddilari Arne Slot bosh murabbiy sifatida jamoa etakchilarining ishonchini yo‘qotgan va bu ahvolda vaziyatni o‘nglab bo‘lmaydi, degan qarorga kelgani aytilmoqda.
Fikrlar