
Tezkor: Manchester grandi “Real” va jamoa yulduziga “dahshatli” kelishuv taklif qildi!
“Manchester Yunayted” rahbariyati transfer siyosatida keskin burilish yasaydigan kutilmagan qadam tashladi.
Defensa Central nashrining yozishicha, manchesterliklar “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinmoqda.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik 23 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, unga besh yillik shartnoma va bu davr uchun 200 million evro maosh beradi.
“Qirollik klubi” ham quruq qolmaydi. Madridliklar asosiy hujumchisini qo‘yib yuborishi uchun Angliya grandi 230 million evro miqdorida badal puli berishini aytgan.
Ekspertlar bu holatda ko‘p narsa Vinisius Juniorning qaroriga bog‘liq bo‘ladi. Manbaga ko‘ra, 2018 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelayotgan yulduz “Real”ni tark etmoqchi emas.
Fikrlar