
Tezkor! Masharipov ertangi bahsda maydonga tusha olmasligi mumkin
Jaloliddin Masharipov ertangi bahsni asosiy tarkibda boshlamasligi mumkin.
Vinger "Istiqlol"ning so‘nggi o‘yinida ta’na harorati juda baland bo‘lganligi tufayli maydonga tusha olmagan edi. Terma jamoa safiga qo‘shilgach, holat yana ham yomonlashgan.
Masharipovning o‘zi xar qanday holatda ham jamoaga yordam bermoqchi va "jang"ga tayyor. Murabbiylar shtabi futbolchining ertangi holatidan kelib chiqib yakuniy qarorni belgilab beradi.
Fikrlar