Tezkor: “Real” Arbeloani ham haydaydigan bo‘lyapti
Madridning “Real” klubi rahbariyati yana bosh murabbiyni oʻzgartirish masalani koʻtardi. Bu holat Alvaro Arbeloa shogirdlari “Osasuna” maydonida 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchraganidan keyin kelib chiqgani aytilmoqda.
Endi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichida 25 fevral kuni “Benfika”ga qarshi boʻlib oʻtadigan javob uchrashuvi Arbeloaning bosh murabbiylik lavozimidagi taqdirini hal qilishi aytilmoqda.
Bu haqida Sport.es sayti xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, “Real” futbolchilari “jamoa va uning atrofida sodir boʻlayotgan barcha jarayonlarga ishonchni yoʻqota boshlagan, klub rahbariyati esa Arbeloaning taktikasi tushuna olmayapti.
“Qirollik klubi” rahbarlariga murabbiyning futbolchilarga yoqishga qaratilgan qarorlari maqbul kelmayapti, oʻyin davomida amalga oshirilayotgan almashtirishlar esa tushunib boʻlmas darajada, deb hisoblanmoqda.
“Real” Arbeloadan sovrin kutyapti. Shu bilan birga agar “Benfika”ga qarshi oʻyin muvaffaqiyatsiz yakunlansa, 43 yoshli mutaxassis bilan shartnomani bekor qilish masalasi ham istisno etilmaydi.
Taʼkidlanishicha, “Real” rahbariyati bunday stsenariydan qochishni istaydi, chunki hozir bosh murabbiylikka munosib nomzod yoʻq, bundan tashqari fevral oyi mavsum davomida uchinchi murabbiyni tayinlash uchun juda erta muddat hisoblanadi.
Fikrlar