Tezkor! “Roma” Evropa ligasidagi raqibini bilib oldi!

  • 7 noyabr, 2022, 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shveytsariyaning Non shahrida joylashgan UEFA qarorgohida Evropa ligasining o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlandi.

Ma’lumki, bu bosqichda Evropa ligasi guruh bahslarida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar Chempionlar ligasidagi guruh bellashuvlarini uchinchi pog‘onada yakunlagan klublar bilan o‘zaro to‘qnash keladi.

Uchrashuvlar uy-safar tizimida 16 va 23 fevral kunlari tashkil qilinadi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, “Roma” futbolchilari Evropa ligasining nimchorak finaliga chiqish uchun Avstriyaning “Zaltsburg” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino Shogirdlari Evropa ligasi S  guruhida “Betis”dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

“Zaltsburg” esa Chempionlar ligasining E guruhida “Chelsi” va “Milan”dan keyin uchinchi pog‘onada qolib ketdi va yurishini UEFA tasnifidagi ikkinchi darajali turnirda davom ettiradigan bo‘ldi.

Evropa Ligasining final uchrashuvi 31 may kuni Budapeshtdagi “Pushkash Arena”da tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!