
Tezkor! "Tottenxem" Konferentsiyalar ligasini tark etdi
UEFA konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Renn" uchrashuvi bo‘yicha so‘nggi qaror qabul qilindi.
"Shporlar" tarkibidagi ko‘plab futbolchilarda koronavirus aniqlangani sababli o‘yin bekor qilingandi.
Kasaba uyushmasi o‘yin London klubining aybi bilan o‘tmagan, deya qaror qabul qildi. Shu sababli, "Tottenxem"ga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat yozildi.
Shu tariqa, "Renn" 14 ochko bilan "G" guruhida birinchi, "Vittes" esa 10 ochko bilan 2-pog‘onani band etgan holda, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar