Tezkor xabar! O‘zbekiston 2022 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilishi mumkin

  • 2 iyun, 2019, 12:05
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur musobaqaga mezbonlik qilish uchun ariza topshirdi. Kecha Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur arizani rasman ro‘yxatga oldi.O‘zbekistondan tashqari Hindiston va Xitoy Taypeyi mamlakatlari ham musobaqaga mezbonlik qilish uchun ariza topshirishgan. 

Bu borada yakuniy qaror kelasi yil OFK tomonidan qabul qilinadi. Ungacha maxsus komissiya a’zolari har uchchala mamlakatga safar uyushtirib, musobaqani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqishadi.
 
Ma’lumot uchun, ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo Kubogida jami 8ta terma jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, 3-o‘rinni olgan ikkita jamoa o‘zaro kuch sinashib, g‘olibni aniqlashadi. Shu tariqa 5ta jamoa ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashish imkoniga ega bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
02/06/2019 16:17
Sarlavxaniyam boblaodi kopek musobaqa bu
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
02/06/2019 12:20
энди қатарга ўхшаб мусобақани қабул қилсаккина осиё чемпионатларида иштирок этсак керак
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
02/06/2019 12:20
осиё чемпионатларига чиқа олмай қолдик
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
02/06/2019 12:20
кунимиз шунақа чемпионатлани ўтказишга қолди