
Tezkor xabar! Ro‘ziqul Berdiev Tailandga chaqirildi
Xabaringiz bor, ayni paytda Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "S" guruhida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Guruhni qiyinchilik bilan yakunlagan terma jamoamiz barchani havotirga qo‘ya boshladi. Shu bois Tailandga yana bir mahalliy murabbiy chaqirtirildi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiev Tailandga chaqirtirildi. U yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tajribaga ega ekanligi bois Berdiev maslahatchi sifatida jalb etilgan bo‘lishi mumkin. Ro‘ziqul Berdiev tez orada Tailandga yo‘l olishi mumkin.
Fikrlar