Tezkor xabar. Turkiya Superkubogi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

  • 9 fevral, 2021, 21:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov hamda Turkiy Kengash bosh kotibi Bagdad Amreev boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Uchrashuvda mutasaddilar Turkiy tilli mamlakatlarda futbolni rivojlantirish, terma jamoalar hamda klublar o‘rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish, futbol hakamlarini qayta tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari va federatsiyalari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilganligi haqida O‘FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida Turkiy Kengash bosh kotibi Bagdad Amreev tashkilotga a’zo mamlakatlarning Milliy hamda turli yosh toifalardagi futbol terma jamoalari o‘rtasida xalqaro musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati mavjud ekanligini bildirib, bunday bellashuvlar turkiy xalqlar o‘rtasida nafaqat futbolni, balki o‘zaro qardoshlik aloqalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi mumkin ekanligini aytib o‘tgan.

Shuningdek, Bagdad Amreev Turkiya Superkubogini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha Turkiy Kengash muzokaralar olib borilishi hamda tashkilot homiyligida mazkur bahsni yurtimizda bo‘lib o‘tishini ta’minlash yuzasidan o‘z takliflarini berganligi ma’lum qilindi.

Ravshan Ermatov tashrif va samimiy suhbat uchun Turkiy Kengash bosh kotibiga minnatdorchilik izhor etdi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yuqorida tilga olingan takliflar yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Islombek Abduvaliyev
09/02/2021 21:23
O'zbekistonda qachondir katta finallar o'tkazilishi kerak. Turkiya Super kubogi O'zbekistonda o'tkazilganda zo'r bo'lardi.