“The-afc.com”: “Nasaf” - “Oloy” bahsi uchun prevyu

  • 13 may, 2021, 16:12
  • 4
  • Futbol

Xabaringiz bor, ertaga Qarshining “Nasaf” klubi OFK Kubogidagi startini amalga oshiradi. Osiyo Chempionlar Ligasida yurtimiz sharafini himoya qilgan klublarimiz muvaffaqiyatsizlikka uchragani tufayli hozirda butun o‘zbek futboli muxlislarining nigohi “ajdarlar”ga qaratilgan. “Nasaf” o‘z guruhida O‘rta Osiyo klublariga qarshi bahs olib boradi. 

Ertaga 1-tur bellashuvida Qirg‘izistonning “Oloy” klubi bizga raqiblik qiladi. Ushbu qiziqarli o‘yin oldidan OFK rasmiy sayti hisoblanadigan “the-afc.com” prevyu taqdim etdi.  Quyida ushbu materialning tarjimasini e’tiboringizga havola etamiz. 

Berdiev “Nasaf”ning yosh futbolchilari bilan “Oloy”ga qarshi ilk turni o‘tkazadi

Yosh bo‘lishiga qaramay, yuqori ambitsiyali “Nasaf” 2021 yilgi OFK Kubogi ochilish bellashuvida Qirg‘izistonning “Oloy” klubiga qarshi bahs olib boradi. 

2011 yilgi finaldagi g‘alabadan so‘ng, birinchi marta turnirga qaytayotgan “Nasaf”ning hozirgi aksariyat futbolchilari Botir Qoraev musobaqa bosh sovrinini ko‘tarayotgan paytda maktab bolalari bo‘lgan. 

IMG_7524

Tarkib a’zolarining 12 tasi 21-asrda tug‘ilgan bolakaylar va 27 futbolchi orasidan 4 tasigina 25 yoshdan katta bo‘lgan yigitlardir. Ammo Berdiev yosh shogirdlarining etarlicha tajribaga ega ekaniga ishonmoqda. 

“Nasaf”ning ushbu tarkibi Dushanbedan yaxshi natijalar bilan ketishiga bir qator omillar xazmat qilishi mumkin. 

Oybek Bozorov - ushbu tarkibdagi eng ishonchli futbolchilardan biri. 23 yoshli futbolchi jamoadoshlari Akmal Mozgovoy, Husniddin Aliqulov va Abduvohid Ne’matov bilan birga milliy terma jamoaning ham muhim vakillari sanaladi. Yosh iqtidor egalari hisoblangan Sherzod Nasrullaev va Husayn Norchaev esa joriy mavsum O‘zbekiston Superligasi startida yuqorida tilga olgan futbolchilarimizga yaxshi qo‘shilib keta oldi. Ro‘ziqul Berdiev ushbu futbolchilari qit’a miqyosidagi musobaqada natija keltira olishiga ishonmoqda. 

“Bilasizki, jamoamiz Superliga klublari orasidagi eng yoshlaridan biri hisoblanadi. Bu kabi tipdagi musobaqa ularga yaxshi tajriba vazifasini o‘tab berishi mumkin. 

Maqsadimiz aniq: yaxshi darajadagi o‘yin ko‘rsatgan holda, kelgusi bosqichga chiqishimiz lozim”, - dedi 10 yil avvalgi chempionlikni yordamchi murabbiy sifatida nishonlagan Berdiev. 

IMG_4820

“Nasaf” 2012 yildan buyon OFK Kubogida qatnashayotgan birinchi jamoa sanaladi. Klub ushbu vaqt mobaynida Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etib keldi. Bugungi “Nasaf” ham eng kamida ushbu guruhdan pley-offga chiqishi kutilmoqda. 

Qirg‘izistonning “Alay” klubida esa mutlaqo boshqacha stsenariy guvohiga aylanamiz. Ular mehmonda kechgan birorta OFK Kubogi bahsida g‘alabaga erishmagan. Dushanbedagi guruh bosqichiga jamoaning kelishiga mamlakat kubogidagi g‘alaba sababchi bo‘ldi. Aslida, o‘shliklar milliy ligani 5-pog‘onada yakunlagan edilar va bu ular uchun tamomila omadsiz mavsum, demakdir. 

Ammo ligadagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, Berdievning fikricha, raqibdagi tajriba va mahorat ularga qarshi jiddiy yondashish kerakligini taqozo etadi. 

“Bizning har qaysi raqib uchun tayyorgarligimiz bir xil bo‘ladi va hech bir raqibni kuchliroq yoki kuchsizroq, deya olmaymiz. 

Osiyo Chempionlar Ligasida ham ko‘rdik: deyarli barcha jamoalar raqobat tug‘dira olish imkoniyati, salohiyatiga ega. O‘ylaymizki, bizning raqiblarimiz ham xuddi shunday kuchli hamda ularga bir xil protsess orqali tayyorgarlik ko‘ramiz”, - dedi Berdiev. 

photo_2021-05-13_16-08-29

Ha, “Nasaf”ning o‘yini jamoa yoshlarining asosiga qurilgan. Ammo 32 yoshli serbiyalik Marko Stanoevich bundan mustasno. “Oloy” bosh murabbiyi No‘’monjon Yusupov esa tarkibni terma jamoaning asosiy futbolchilari bilan to‘ldirib olgan. 

Qirg‘iziston terma jamoasining nomdor futbolchisi Ahliddin Isroilov Osiyo va Evropaning bir qator klublaridagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng, o‘z vataniga qaytdi. Ganalik hujumchi Emmanuel Yagr Gruziya chempionatidan ushbu qishda klubga kelib qo‘shildi va u ham qirg‘iz klubining ishongan vakillaridan biridir. 

Yusupov jamoasining yana bir katta futbolchisi Tijani Belaid hisoblanadi. Frantsiyada tug‘ilgan Tunis terma jamoasi futbolchisi uzoq yillik faoliyati davomida “Inter”, PSV, “Slaviya” Praga va “Xall Siti” singari bir qator Evropa klublari va Osiyoning turli jamoalarida harakat qilgan. 

Juma kungi bellashuv qo‘shnilar o‘rtasida uzoq muddat kutilgan o‘yin bo‘lishi shubhasiz. Sababi, 2001-2002 yilgi mavsumda “Paxtakor” Kubok egalari kubogida SKA-PVO Bishkekni musobaqadan chiqarib yuborgandan beri o‘zbek-qirg‘iz dueliga guvoh bo‘lmagandik. 

“The-afc.com” saytidan Abdulvosid Valixonov tarjimasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
13/05/2021 17:47
Nasaf uyinni chiqsa. OFK va OCHL beron klubini kuchi etmaydi aniq. tugri Nasaf yutqazishi mumkin chunki maydonga omad ham katta Rul uynaydi. lekin uyin taraflama. Hozirgi kunga Nasaf Osiyo N1 kamanda aniq. OCHL uyinlarini kurdim Nasafday yorqin uynaydigan beron klubni kurmadim. Nasaf shu bitta hujimchi kam. qolgan chiziqlari shak shubhasiz kuchli.
&
Турсун Ғани
13/05/2021 23:38
Бунча мақтаб кўз тегириб юборманг яна насафга. ОЧЛ да кўрдизку Тожикистонни Истиқлолини футбол ҳамма жойда Ривожланмоқда, ҳатто қўшниларимиз Қирғизистон ва Тожикистонда ҳам.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
14/05/2021 15:38
Tugri hamma joyga Fudbol kuchaygan. Istiqlolni uyinni kurdim. haqiqatdan kuchli uynadi. lekin. nima qilay man Nasafni muhlisiman keyin Nasaf haqiqatdan shunoqa uyin kursatganidan keyin tan beramanda. Nasafka uyin yuq bulsaydi ha unga aytsam bulardi. yutdi lekin omadgena qutqardi deb. Nasaf maydonga nimalarga qaderlegini kursatdi nichta uyinchi ketsa ham oylik bulmasa ham. hayotka maydonga pul rul uynamaslegini kursatib quydi. Hamma kamandani hurmat qilaman. lekin Nasafni uyinni qayta qayta kurgan odam ham zerikmaydi.
&
Турсун Ғани
13/05/2021 23:43
Рўзиқул Бердиев Йошлардан яҳши.жамоани тузиб олган Омад тилаймиз Насафга.