Timoti Bredli Joshua va Dyubua jangida nokaut qayd etilishini taxmin qildi

  • 21 sentabr, 2024, 17:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Sobiq bokschi va hozirda ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Timoti Bredli og‘ir vazn toifasida IBF yo‘nalishi chempioni Deniel Dyubua va Entoni Joshua o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqidagi taxmini bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Menimcha, har ikkisi ham ushbu bosqichga chiqish uchun ko‘p mehnat qilishgan. Ular o‘z nomlarini tarix kitoblariga yozib qo‘yishga va yana o‘zlarini tiklashga ahd qildilar. Joshuaning mahorati va o‘ziga bo‘lgan ishonchi faoliyatidagi eng yuqori pog‘onada. Uning elita tajribasi va janglardagi barqarorligi, Dyubua ustidan ajoyib nokautli g‘alabaga olib kelishi kerakdek taassurot beradi", - deb Bredli so‘zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, ular ertaga tongda to‘qnash kelishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!