Timur Kapadze: "Ertaga bor kuchimizni maydonga tashlab, chempion bo‘lishga harakat qilamiz!"

  • 18 iyun, 2022, 12:26
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

19 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida U-23 Osiyo Kubogi final bahsi o‘tkaziladi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi. Bugun uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda terma jamoamiz ustozi Timur Kapadze va sardori Jasur Jaloliddinov ishtirok etishdi.

Tecno

Temur Kapadze

"Assalomu alaykum. Albatta, finalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Bu katta yutuq. Ertaga turnirdagi oxirgi uchrashuvni o‘tkazamiz. Unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganmiz. 

Finalgacha bosib o‘tgan har bir qadamimiz og‘ir bo‘ldi. Endi so‘nggi bahsda ham bor kuchimizni maydonga tashlab, chempion bo‘lishga harakat qilamiz. 

Hozir tashqi omillarni o‘ylaydigan payt emas. Ertaga nima bo‘lishidan qat’i nazar, maydonga chiqishimiz kerak. Shuning uchun o‘zimizni har tomonlama tayyorlayapmiz. Aslida, tashqi omillar har ikki jamoaga birdek ta’sir qiladi.

Finalgacha katta kuch sarfladik. Saudiya kuchli jamoa. Ularni o‘rganib chiqdik. Saralash bosqichida xuddi shu yoshdagi jamoa bilan to‘qnash kelgandik. Hozir esa, ularda bir necha o‘zgarishlar bor. Hatto, milliy terma jamoadan ham 2 ta futbolchi jalb etilgan.

Har bir raqibning kamchiligi bo‘ladi. Ularning gol o‘tkazmagani biz uchun qo‘shimcha motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Bundan oldingi o‘yinlar bizga katta tajriba beradi. Menimcha, ularga qarshi o‘tkazgan 2-3 o‘yinimiz bizga qo‘l kelsa kerak.

Har bir o‘yin bizga katta tajribalar berdi. U qaysi uslubda o‘ynashi ham u qadar muhim emas. Menimcha, ularga qarshi avvalgi bahslar bizga qo‘l kelishiga ishonaman.

Bugungi mashg‘ulotdan so‘ng shogirdlarimning holatini o‘rganib, assosiy tarkibni tanlab olaman. Chunki ko‘rib turganingizdek, zaxiradan o‘yinga qo‘shilayotgan ham g‘alabaga katta hissa qo‘shmoqda.

Har bir musobaqa futbolchilar uchun katta tajriba beradi. Boisi, terma jamoalar doim ham o‘ynamaydi. Bu shogirdlarimda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam beradi. Ayniqsa, Osiyo Kubogining o‘zimizda bo‘layotgani biz uchun katta yutuq hisoblanadi. Bunday musobaqalar hech shubhasiz mamlakat futboli rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

O‘yin oldidan reja qilish mumkin lekin, maydonda nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Chunki gol urishni hamma xohlaydi. Raqibning ham o‘z rejasi bor. Lekin maqsad ko‘p gol emas, g‘alaba bo‘lishi lozim". 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!