Timur Kapadze jamoasining Superligadagi ilk mag‘lubiyatini qanday izohladi?

  • 09.03.2022 21:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Olimpik” klubi Superligadagi ilk mag‘lubiyatini qo‘qonliklarga qarshi uchrashuvda qabul qilib oldi. Ushbu bellashuvdan so‘ng “Olimpik” bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirdi.

- “Qo‘qon-1912” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman, keyingi o‘yinlarida omad tilayman. Yaxshi va qiziqarli o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Ikkala jamoa ham maydonda yaxshi kurashdi. Qulay imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Afsus, ularga xotirjamlik va tajriba etishmadi. Ko‘rinib turibdi, futbolchilarimiz ancha tajriba to‘plashyapti. Keyingi o‘yinimiz “Paxtakor”ga qarshi bo‘ladi va tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu ham qiziqarli uchrashuv bo‘ladi.

Albatta, Superliga jamoalari baribir kuchli, har taraflama. Biz ham o‘tgan yilga qaraganda ancha o‘sdik. Pro ligada ham katta tajribaga ega bo‘ldik. Superligada yaxshi jamoalarga qarshi bahslarda kamchiliklarimiz ko‘zga tashalanadi. O‘ylaymanki, shunaqa uchrashuvlar orqali yigitlarimiz yanada o‘sadi, - dedi Kapadze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
09/03/2022 22:05
Буёғи давомий энди, Олимпик суперлига даражасида эмас