Tinimsiz gol urayotgan Harri Keyn o‘rniga ikki to‘purar topildi

  • 7 mart, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bundesliga chempionligi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan “Bavariya” kelasi mavsum oldidan hujum chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishi kutilmoqda.

Myunxenliklar yoshi o‘tib borayotgan Harri Keynga o‘rinbosar qidirmoqda. 31 yoshli to‘purarni Angliya grandlari ortga qaytarmoqchi. Shuningdek, 35 yoshli Tomas Myullerning ham jamoadagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

“Bavariya” mutasaddilari hozircha ikki hujumchini ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Jurnalist Kristian Falkning ma’lum qilishicha, myunxenliklar yozda “Leyptsig” to‘purari Benyamin Sheshko va “Sporting” hujumchisi Viktor Dyokereshni olishga harakat qiladi. Buning uchun klub hech bo‘lmaganda bitta o‘yinchisini sotib yuborishi talab etiladi.

Bosh murabbiy Vensan Kompani Matis Tel bilan xayrlashishga tayyor. Hozir bu o‘yinchi ijara asosida “Tottenxem” sharafini himoya qilmoqda. Bundesliga grandi “shporlar” Telning to‘liq transferi uchun 60 million evro to‘lashidan umidvor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!