Tinimsiz gol urayotgan Harri Keynga Angliyadan yangi jamoa topildi
Angliya futboliga ixtisoslashgan taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, “Bavariya”da to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatib kelayotgan Harri Keyn yaqin kelajakda yana Premer-ligaga qaytishi kutilyapti.
Jeykobs angliyalik hujumchi Premer-liga to‘purari Alan Shirer rekordini yangilash uchun bir necha mavsum Angliya chempionatida to‘p tepishga tayyor ekan.
Ilgari “Tottenxem”da porlagan forvard bu gal “Manchester Yunayted”ga qo‘shilishi mumkin.
- Men Harri Keynning “Manchester Yunayted”ga o‘tish stsenariysini ko‘ryapman. Bu jamoada tajribali hujumchi ko‘p gol urishdan tashqari, klubning boshqa o‘yinchilariga ustozlik ham qila oladi, - deb yozdi Ben Jeykobs.
32 yoshli hujumchining Bundesliga chempioni bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. “Bavariya” mutasaddilari angliyalik futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha ishlayapti.

Fikrlar