
Tite 38 yoshli futbolchini Braziliya terma jamoasiga chaqirdi
“San-Paulu” klubining 38 yoshli qanot himoyachisi Dani Alves Braziliya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Tite aytib o‘tdi.
“Danini hamon yuqori saviyada futbol namoyish etayotganidan xursandman”, - dedi Tite.
Alves “JCh-2022” saralashidan o‘rin olgan Ekvador va Boliviyaga qarshi o‘yinlar uchun Braziliya terma jamoasi qaydnomasidan o‘rin olgan.
Dani Alves faoliyati davomida “Sevilya”, “Barselona”, “Yuventus” va PSJ kabi klublarda to‘p surgan. U 2019 yildan buyon “San-Paulu” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Braziliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar