
Tobi Alderveyreld "Tottenxem"dan ketmaydi!
Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Tobi Alderveyreld o‘zining boshqa jamoaga ketishi borasida tarqalgan xabarlarni inkor etdi.
“Men hamisha butun e’tiborim “Tottenxem”da ekanligini ta’kidlab keldim va shunday ekan men o‘zim xohlagan ishni qilaman. Men yangi mavsumni ham shu jamoada o‘tkazmoqchiman.
Futbolda hamma narsa juda tez o‘zgarishi mumkin, lekin men faqat “Tottenxem” haqida o‘ylayman va yangi mavsumga xuddi shu ruhda tayyorgarlik ko‘ryapman. Maurisio Pochettino mening jamoaga naqadar sodiq ekanligimni yaxshi biladi. Meni sardor etib tayinlashdi va bu ham murabbiyning menga ishonch bildirishidan dalolatdir”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Alderveyreld 2015 yildan buyon "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar