Tojikiston terma jamoasi o‘yinchisiga "Lokomotiv" shifokorlari yordam ko‘rsatdi

  • 18.08.2021 22:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Tojikiston milliy terma jamoasi hamda “Istiqlol” klubi etakchisi Iskandar Jalilov jarohatidan keyin tiklanish jarayonini Toshkentning “Lokomotiv” klubida olib bordi. Bu haqda “temiryo‘lchilar” matbuot xizmati xabar berdi.

“Tojikistonning “Istiqlol” klubi bilan do‘stona munosabatlar doirasida ushbu jamoa futbolchisi va mamlakat milliy terma jamoasida faoliyat olib borayotgan Iskandar Jalilov jarohatidan forig‘ bo‘lish jarayonini klubimizda o‘tkazdi. Ushbu holat “Lokomotiv” shifokori Abror Pirriev hamda massajchisi Gurgen Irsaelyan tomonidan nazoratga olindi.

pirriev

Qayd etish kerak, Jalilovga bu jarayon ma’qul keldi. Fursatdan foydalanib, Iskandar Jalilovning faoliyatida omad, “Istiqlol”ga esa Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida muvaffaqiyat tilaymiz”, - deyiladi “Lokomotiv” klubining instagramdagi sahifasida.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!