Tojikiston terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikni boshladi. Superligamizdan kimlar chaqirildi?

  • 10 noyabr, 2022, 10:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yon qo‘shnimiz – Tojikiston terma jamoasi 17 noyabr kuni Dushanbe markaziy stadionda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Shu munosabat bilan Tojikiston terma jamoasining xorvatiyalik bosh murabbiyi Petr Segrt bo‘lajak o‘yin uchun tarkibga 28 nafar futbolchini chaqirdi. Ularning orasida 15 nafari legionerlar hisoblanadi.

Superligamizda to‘p surayotgan bir qator futbolchilar ham bor. Jumladan, Alisher Jalilov, Zoir Jo‘raboev va Manuchexr Safarov terma jamoaga chaqirildi.

Bugun, ya’ni, 10 noyabrdan mashg‘ulotlar Dushanbeda boshlanadi.

Darvozabonlar: Rustam Yatimov, Muxriddin Hasanov (ikkalasi – “Istiqlol”), Shoxruh Kirgizboev (“Xo‘jand”).

Himoyachilar: Vaxdat Hasanov (“Persepolis”, Eron), Zoir Jo‘raboev (“Surxon”, O‘zbekiston), Manuchexr Safarov (“Lokomotiv”, O‘zbekiston), Mexribon Karimov (“Dinamo-Avto”, Moldova), Axtam Nazarov, Siyovush Asrorov, Alijon Karomatullozoda, Daler Imomnazarov (barchasi – “Istiqlol”).

Yarim himoyachilar: Alisher Jalilov (AGMK, O‘zbekiston), Parviz Umarboev (TsSKA-1948, Bolgariya), Amirbek Jo‘raboev (“Yunayted Siti, Filippin), Exsoni Panshanbe ("Zob Axan”, Eron), Alijon Ayni (Krasnodar-2”, Rossiya), Komron Tursunov (“TRAU, Hindiston), Murodali Aknazarov (“Antalyaspor”, Turkiya), Xusrav Toirov (“Atirau”, Qozog‘iston), Salom Ashurmamadov (“Brouk Boyz”, Rossiya),  Muhammadjon Rahimov (“Istiqlol”), Xurshed Abdulloev (TsSKA, Dushanbe), Azizbek Xaitov (“Dinamo”, Dushanbe).

Hujumchilar: Shaxrom Samiev (“Isloch, Belarus), Rustam Soirov (“Levadiya”, Estoniya), Manuchexr Jalilov, Shervoni Mabatshoev (ikkisi – “Istiqlol”), Nuriddin Hamroqulov (“Xatlon”).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!