
Tokio-2020. Abdurahmonov yarim final ostonasida 2 karra jahon chempioniga qarshi gilamga chiqadi
Hozirgina Tokio Olimpiadasining erkin kurash bo‘yicha bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bekzod Abdurahmonov nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan jangini o‘tkazdi.
74 kg vaznda gilamga chiqadigan vakilimiz Puerto-Riko sharafini himoya qilayotgan Franklin Gomes ustidan 10:0 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Endi hamyurtimizga chorak finalda rossiyalik Zaur Sidakov raqiblik qiladi. Ushbu jang bir necha daqiqalardan keyin start oladi. Ma’lumot uchun, Sidakov 2 karra jahon chempioni, Evropa o‘yinlari va jaon kubogi g‘olibi sanaladi.
Fikrlar